Claude bilan o'z biznesingiz uchun ishlaydigan tizim: sayt, savat, Telegram'ga keladigan buyurtmalar, baza, bot, shaxsiy domen va admin panel. Kodni sun'iy intellekt yozadi — siz unga oddiy tilda nima kerakligini aytasiz.
Tayyor darslar to'lovdan keyin darhol ochiladi. 3 kun ichida yoqmasa, pul to'liq qaytariladi.


Har darsda bitta yangi qism qo'shasiz. Oxirida mijoz buyurtma beradigan, siz esa telefondan boshqaradigan tayyor tizim chiqadi.
Menyu, narxlar, savat va «Buyurtma berish» tugmasi. Telefonda ham chiroyli.
Mijoz saytda buyurtma beradi — 2 soniyada telefoningizga xabar keladi.
Har buyurtma jadvalda saqlanadi: kim, nima, qachon, qancha.
/bugun — bugungi buyurtmalar va tushum. Sayt bot ichida mini ilova bo'lib ochiladi.
Sayt himoyalangan .uz manzilida, o'z hostingingiz va info@ pochtangiz bilan ishlaydi. Oxirida — o'z serveringiz.
Menyu va narxni dasturchisiz o'zingiz o'zgartirasiz. Stolga QR-kod menyu.
Dasturchi bo'lish shart emas. Sizning ishingiz — nima kerakligini aniq aytish va natijani tekshirish. Buni har darsda qadamma-qadam o'rgataman.
Nima kerak, qanday ko'rinsin, qanday ishlasin.
Claude Code loyihangiz ichida ishlaydi: faylni o'zgartiradi va GitHub'ga saqlaydi.
O'zgarishni sinov havolasida ko'rasiz. Hammasi joyida bo'lsa, bitta tugmani bosasiz — sayt yangilanadi.
Har dars taxminan 7 daqiqa, oxirida amaliy topshiriq. Har dars ostida tayyor prompt, qadamlar va xato chiqsa nima qilish kerakligi yozilgan.
Domen, hosting, server, baza — hammasi animatsiya va «uy» misolida sodda tushuntiriladi. Har bir qadam ekranda ko'rsatiladi: qaysi tugmani bosish kerakligigacha.






Kafe, do'kon, salon, o'quv markaz. Dasturchiga millionlab pul to'lamasdan o'z saytingiz va botingizni qurasiz.
Kurs oxirida tanishlaringiz biznesiga ham xuddi shunday tizim qurib bera olasiz.
G'oyani dasturchini kutmasdan o'zingiz sinab ko'rasiz: sahifa, forma, bot.
«Loyihalarimni o'zim ham Claude bilan quraman. Kursda sizga shu yo'lni boshidan oxirigacha, haqiqiy loyihada ko'rsataman.»
Obuna emas: bir marta to'laysiz, 13 ta dars 4 oy davomida ochiq turadi.
To'lov Telegram bot orqali: kartaga o'tkazasiz, chekni botga yuborasiz, admin tasdiqlagach darslar ochiladi.
Butun kurs kerakmi? «Prompt injiniring» — 10 modul, 49 dars: matn, rasm, video, tahlil, avtomatlashtirish va shu Vibe coding moduli. Butun kurs haqida →
Keyin faqat farqini to'lab butun kursga o'tsangiz ham bo'ladi.
Ha, kurs aynan shunday odamlar uchun. Kodni Claude yozadi, siz unga oddiy o'zbek tilida nima kerakligini aytasiz va natijani tekshirasiz. Har bir tugma ekranda ko'rsatiladi.
Dastur yoki saytni kod yozmasdan, sun'iy intellektga oddiy tilda vazifa berib qurish. Siz g'oya berasiz va natijani tekshirasiz, kodni esa sun'iy intellekt yozadi.
Tayyor darslar to'lovdan keyin darhol ochiladi, qolganlari 11-dekabrgacha birin-ketin qo'shiladi. Ochilgan dars yopilmaydi — darslardan 4 oy foydalanasiz.
Ha. Darslarni telefonda ko'rsa bo'ladi, lekin sayt va botni noutbuk yoki kompyuterda qurasiz.
Claude Pro obunasi — oyiga $20: kodni yozadigan Claude Code bepul tarifda yo'q. GitHub, Netlify va Supabase bepul. 8–10-darslarda shaxsiy domen va hosting ulanadi: domen yiliga taxminan 27 000 so'm, hosting oyiga taxminan 34 000 so'm. 13-darsda o'z serveringiz — oyiga taxminan 6 yevro, darsdan keyin o'chirib qo'ysangiz, bir necha ming so'm. Bularning hammasi ixtiyoriy: saytingiz bepul manzilda ham ishlaydi.
Ha, aslida shunday qilganingiz ma'qul. Darsda men Smash Burger'ni quraman, siz har qadamni o'z biznesingiz yoki o'ylab topgan loyihangizda takrorlaysiz.
Ha. Farqini to'laysiz: Standart'ga 251 000, Premium'ga 751 000 so'm. Butun kursda 49 ta dars: matn, rasm, video, jadval tahlili, avtomatlashtirish va AI agentlar.
Har darsda «Savolim bor» oynasi bor: AI yordamchi shu dars bo'yicha javob beradi. Qiynalsangiz, xatoni Claude'ga qanday tushuntirishni ham har darsda ko'rsataman.
Ha. To'lovdan keyin 3 kun ichida yoqmasa, pulingizni to'liq qaytaramiz. Buning uchun @shavkatjon_a ga yozing.
«Sotib olish» tugmasi sizni Telegram botimizga olib o'tadi. Bot karta raqamini beradi, o'tkazib chekni shu botga yuborasiz, admin tasdiqlagach darslarga kirish havolasi keladi.
Birinchi darsdayoq Claude bilan o'z biznesingiz uchun loyiha rejasini tuzasiz.
Telefoningiz kamerasi bilan skanerlang — bot telefoningizdagi Telegram'da ochiladi.
Kompyuterdagi Telegram'da ochish Brauzerda ochish (Telegram Web)Telegram yo'qmi? Telefoningizga o'rnating: telegram.org/apps