Maxfiylik siyosati
promptkurs.uz sayti, @promptkurs_bot Telegram boti va dars.promptkurs.uz platformasida shaxsiy ma'lumotlar qanday yig'ilishi va ishlatilishi haqida
Tahrir sanasi: 2026-yil 30-oktabr
1. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu siyosat YaTT Axtamov Shavkatjon Shuxratovich (keyingi o'rinlarda — Ijrochi) promptkurs.uz sayti, @promptkurs_bot Telegram boti va dars.promptkurs.uz platformasi (keyingi o'rinlarda — Xizmat) foydalanuvchilarining shaxsiy ma'lumotlarini qanday yig'ishi, saqlashi va ishlatishini belgilaydi.
1.2. Siyosat O'zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi Qonuniga muvofiq tuzilgan.
1.3. Xizmatdan foydalanib, botga yozib yoki to'lov qilib, foydalanuvchi ushbu siyosatga rozilik bildiradi. Rozi bo'lmasa, Xizmatdan foydalanmasligi kerak.
2. Qanday ma'lumotlar yig'iladi
2.1. Telegram bot va platformada:
- Telegram ID, ism, familiya va username;
- telefon raqami — foydalanuvchi uni o'zi «Raqamni yuborish» tugmasi bilan ulashsa;
- to'lov cheki yoki to'lov ma'lumoti: summa, sana, tarif, promokod. Bank kartasining to'liq raqami va CVV kodi Ijrochi tomonidan saqlanmaydi;
- botdagi yozishmalar va savollar;
- darslarni ko'rish holati, uy vazifalari va AI yordamchiga berilgan savollar;
- platformaga kirgan qurilma haqida ma'lumot (brauzer turi) — 2 ta qurilma chegarasi uchun.
2.2. Saytda ariza qoldirilganda: ism va telefon raqami — foydalanuvchi ularni o'zi yozsa va roziligini belgilasa.
2.3. Saytga tashrif buyurilganda (avtomatik):
- IP manzil, brauzer va qurilma turi, ekran o'lchami;
- qaysi reklama yoki havoladan kelgani (UTM belgilari, reklama klik identifikatori);
- sahifada nimani bosgani va qaysi qismigacha ko'rgani;
- cookie fayllari.
3. Ma'lumotlar nima uchun ishlatiladi
- kursga kirishni ochish va to'lovni tasdiqlash;
- o'qishni kuzatish, uy vazifalarini tekshirish va sertifikat berish;
- foydalanuvchi bilan aloqa: dars ochilgani haqida xabar, savollarga javob, ariza qoldirganlarga qo'ng'iroq;
- akkaunt boshqalarga berilishining oldini olish;
- sayt va reklamaning samaradorligini o'lchash, Xizmatni yaxshilash.
Ma'lumotlar boshqa maqsadda ishlatilmaydi va sotilmaydi.
4. Uchinchi tomon xizmatlari
Xizmat ishlashi uchun quyidagi tashqi xizmatlardan foydalaniladi. Ular o'z maxfiylik siyosatiga ega:
- Telegram — bot orqali muloqot;
- Yandex Metrika — saytga tashriflar statistikasi;
- Meta Pixel va Conversions API (Facebook, Instagram) — reklama samaradorligini o'lchash. Meta'ga ism, telefon va Telegram ID faqat shifrlangan (xeshlangan) ko'rinishda yuboriladi;
- Microsoft Clarity — saytdagi harakatlar yozuvi va issiqlik xaritasi; kiritilgan matnlar yozilmaydi;
- Google Gemini — AI yordamchi javoblari va uy vazifalarini tekshirish uchun savol va vazifa matni yuboriladi;
- VdoCipher — videolarni himoyalangan holda ko'rsatish;
- to'lov tizimlari — to'lovni qabul qilish. Karta ma'lumotlari to'g'ridan-to'g'ri to'lov tizimiga kiritiladi va Ijrochiga berilmaydi.
5. Cookie fayllari
5.1. Sayt cookie fayllari va brauzer xotirasidan foydalanadi: platformaga kirgan holatni saqlash, tashrif manbasini aniqlash va statistika uchun.
5.2. Foydalanuvchi brauzer sozlamalarida cookie'larni o'chirib qo'yishi mumkin. Bunda platformaga kirish va ayrim funksiyalar ishlamasligi mumkin.
6. Saqlash va himoya
6.1. Ma'lumotlar Ijrochining serverida, himoyalangan ulanish (HTTPS) orqali uzatiladi va saqlanadi. Ularga faqat Ijrochi va Xizmatni boshqaradigan administratorlar kira oladi.
6.2. Ma'lumotlar kursga kirish muddati va undan keyin 1 yil davomida saqlanadi. To'lov ma'lumotlari qonunchilik talab qilgan muddatgacha saqlanadi.
6.3. Ijrochi shaxsiy ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga bermaydi. Bundan 4-bandda ko'rsatilgan xizmatlar va qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar mustasno (masalan, vakolatli davlat organlarining so'rovi).
7. Foydalanuvchining huquqlari
Foydalanuvchi quyidagilarni so'rashi mumkin:
- o'zi haqida qanday ma'lumot saqlanayotganini bilish;
- noto'g'ri ma'lumotni tuzatish;
- ma'lumotlarini o'chirish va rozilikni qaytarib olish. Bunda kursga kirish yopiladi.
Buning uchun @shavkatjon_a ga yoki shavkat.axtamov7@gmail.com ga yoziladi. So'rovga 10 kun ichida javob beriladi.
8. Voyaga yetmaganlar
Xizmat 16 yoshdan katta foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. 16 yoshga to'lmagan shaxs ota-onasi yoki vasiysining roziligi bilan foydalanadi.
9. O'zgarishlar
Ijrochi siyosatni o'zgartirishi mumkin. Yangi tahrir promptkurs.uz/maxfiylik sahifasiga qo'yilgan kundan kuchga kiradi.
10. Aloqa
- Ijrochi: YaTT Axtamov Shavkatjon Shuxratovich
- STIR: 50302006180061
- Davlat ro'yxatidan o'tganlik guvohnomasi: № 7400268, 09.01.2026 (Toshkent shahri, Chilonzor tumani Davlat xizmatlari markazi)
- Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 1-B uy
- Bank rekvizitlari: h/r 20218000207377232002, Toshkent sh., «Kapitalbank» AT bankining yagona filiali, MFO 01158, valyuta: so'm
- Telefon: +998 91 525 97 23
- E-mail: shavkat.axtamov7@gmail.com
- Telegram: @shavkatjon_a, @promptkurs_bot