Ommaviy oferta

«Prompt injiniring» onlayn kursi va «Vibe coding» kursiga kirish huquqini berish bo'yicha shartnoma

Tahrir sanasi: 2026-yil 30-oktabr

1. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu hujjat YaTT Axtamov Shavkatjon Shuxratovichning (keyingi o'rinlarda — Ijrochi) promptkurs.uz saytida va @promptkurs_bot Telegram botida taklif qilinadigan onlayn kurslarga kirish huquqini berish bo'yicha ommaviy ofertasidir. Hujjat O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367–370-moddalariga muvofiq tuzilgan.

1.2. Tanlangan tarif narxini to'lagan har qanday shaxs (keyingi o'rinlarda — O'quvchi) ushbu oferta shartlarini to'liq va so'zsiz qabul qilgan hisoblanadi (aksept). To'lov qilish shartnoma tuzilganini bildiradi, qog'ozda imzolash talab qilinmaydi.

1.3. Ijrochi oferta matnini o'zgartirishi mumkin. Yangi tahrir promptkurs.uz/oferta sahifasiga qo'yilgan kundan kuchga kiradi. To'lov qilingan paytdagi tahrir shu O'quvchi uchun amal qiladi.

2. Xizmat

2.1. Ijrochi O'quvchiga dars.promptkurs.uz platformasida tanlangan tarif bo'yicha onlayn video darslarga kirish huquqini beradi. Xizmat raqamli shaklda ko'rsatiladi, jismoniy mahsulot yetkazib berilmaydi.

2.2. «Prompt injiniring» kursi (Standart va Premium tariflari):

Premium tarifida qo'shimcha ravishda: 4 ta jonli efir ustoz bilan (yozuvi platformada saqlanadi) va o'quvchilarning Telegram guruhi.

2.3. «Vibe coding» kursi: «Prompt injiniring» kursining 6-moduli — «Kod yozmasdan loyiha qurish (Smash Burger)», 14 ta video dars, har darsga PDF konspekt, AI yordamchi va uy vazifalarini tekshirish. Boshqa modullar bu tarifga kirmaydi.

2.4. Darslar ochilish grafigi:

Ijrochi sanalarni uzrli sabab bilan o'zgartirishi mumkin. Bunday holda O'quvchilarga bot orqali oldindan xabar beriladi.

2.5. Kursdagi misollar uchinchi tomon xizmatlaridan foydalanadi (ChatGPT, Gemini, Claude va boshqalar). Ularning narxi, tarifi va interfeysi Ijrochiga bog'liq emas va o'zgarishi mumkin. Kursdagi bunday ma'lumotlar vaqti-vaqti bilan yangilab boriladi. Bu xizmatlarga obuna narxi kurs narxiga kirmaydi.

3. Narx va to'lov

3.1. Narxlar O'zbekiston so'mida ko'rsatilgan. To'lov bir martalik, obuna emas:

3.2. Kirish muddati davomida farqini to'lab kattaroq tarifga o'tish mumkin: Standart'dan Premium'ga — 500 000 so'm, Vibe coding'dan Standart'ga — 251 000 so'm, Vibe coding'dan Premium'ga — 751 000 so'm. Bunda kirish muddati o'zgarmaydi.

3.3. Ijrochi promokod orqali chegirma berishi mumkin. Promokodning chegirmasi, amal qilish muddati va qaysi tariflarga tegishliligi Ijrochi tomonidan belgilanadi. Chegirmali narx to'lovdan oldin botda ko'rsatiladi.

3.4. To'lov tartibi:

3.5. Kirish to'lov tasdiqlangandan keyin 24 soat ichida ochiladi, odatda bir necha daqiqada. Kirish ochilgan paytdan boshlab xizmat ko'rsatilgan hisoblanadi.

3.6. To'lov summasi yoki qabul qiluvchi mos kelmasa, Ijrochi to'lovni tasdiqlamasligi mumkin. Bunday holda O'quvchiga bot orqali xabar beriladi va pul qaytariladi.

4. Kirish muddati va foydalanish shartlari

4.1. Kursga kirish to'lov tasdiqlangan kundan boshlab 4 oy ochiq bo'ladi.

4.2. Akkauntdan bir vaqtda ko'pi bilan 2 ta qurilmada foydalanish mumkin. Qurilmani oyiga 2 martagacha almashtirish mumkin.

4.3. Kirish huquqi shaxsiy. Quyidagilar taqiqlanadi:

Konspektlarda O'quvchining ismi yozilgan shaxsiy belgi bo'ladi. Bu shart buzilsa, Ijrochi kirishni pul qaytarmasdan yopishi mumkin.

5. Kafolat va pulni qaytarish

5.1. Kurs yoqmasa, O'quvchi pulini to'liq qaytarib olishi mumkin:

5.2. Pulni qaytarishni so'rash uchun shu 3 kun ichida Telegram'da @shavkatjon_a ga yoki @promptkurs_bot ga yoziladi. Sababini aytish shart emas.

5.3. Pul to'lov qilingan karta yoki hisobga 5 ish kuni ichida qaytariladi. Pul qaytarilgach, kursga kirish yopiladi.

5.4. 5.1-bandda ko'rsatilgan muddat o'tgandan keyin to'langan summa qaytarilmaydi, chunki raqamli xizmat ko'rsatilgan hisoblanadi. Bundan mustasno: Ijrochi xizmatni ko'rsata olmagan holatlar (kurs bekor qilinsa yoki platforma uzoq vaqt ishlamasa). Bunday holda ko'rsatilmagan qism uchun pul qaytariladi.

6. Tomonlarning majburiyatlari

6.1. Ijrochi:

6.2. O'quvchi:

7. Intellektual mulk

7.1. Kursning barcha materiallari Ijrochiga tegishli: videolar, matnlar, konspektlar, rasm va animatsiyalar. O'quvchiga ulardan faqat shaxsiy o'qish uchun foydalanish huquqi beriladi.

8. Shaxsiy ma'lumotlar

8.1. O'quvchining shaxsiy ma'lumotlari promptkurs.uz/maxfiylik sahifasidagi maxfiylik siyosatiga muvofiq yig'iladi va ishlatiladi. To'lov qilib, O'quvchi shu siyosatga rozilik bildiradi.

9. Javobgarlik

9.1. Kurs bilim va ko'nikma beradi. O'quvchining natijasi (ish, daromad va hokazo) uning o'z mehnatiga bog'liq, shuning uchun Ijrochi natijani kafolatlamaydi.

9.2. Uchinchi tomon AI xizmatlarining ishlashi, narxi yoki mavjudligi uchun Ijrochi javob bermaydi.

9.3. Tomonlar yengib bo'lmaydigan kuch holatlarida (tabiiy ofat, internet yoki elektr ta'minotidagi keng ko'lamli uzilishlar, davlat organlari qarorlari) majburiyatlarni bajarmaganlik uchun javobgar bo'lmaydi.

10. Nizolar

10.1. Nizolar avval muzokara yo'li bilan hal qilinadi: Telegram'da @shavkatjon_a ga yoki shavkat.axtamov7@gmail.com ga yoziladi. Murojaatga 5 ish kuni ichida javob beriladi.

10.2. Kelishuvga erishilmasa, nizo O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sud tartibida hal qilinadi.

11. Ijrochi rekvizitlari